Yaremchukka London jamoasi da'vogar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Londonning «Arsenal» klubi Ukraina terma jamoasi hujumchisi Roman Yaremchukka qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Voetbal Belgie.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi yozgi transferlar vaqtida ushbu futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqadi. «Kanonirlar» Roman uchun 20-25 million evro to'lashi kutilmoqda.
Shuningdek, ukrainalikka «Milan», «Vulverxempton», «Nitstsa», «Vest Xem» va «Volfsburg» jamoalari ham befarq emas.
O'tgan mavsumda 24 yoshli Yaremchuk «Gent» tarkibida barcha turnirlar doirasida 43 uchrashuv o'tkazib, 23 gol urdi va 8 ta golga uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276