So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Diyor Imomxo'jaev projektor sabab o'z maydonida o'yin o'tkaza olmayotgan klublar haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91
O'zbekiston professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo'jaev projektor sabab o'z maydonida o'yin o'tkaza olmayotgan klublar haqida fikr bildirdi.
"Xayrulla Xoliqovning projektorlar sabab o'z maydonida o'yin o'tkazmayotgan jamoalar borasidagi maqolasini o'qidim. Nega AGMK va "Paxtakor" ikki uchrashuvni o'z maydonida o'tkazishi kerak, degan xaqli savolni qo'ygan va muxlislarni PFL manzili tomon qayragan.
PFL tarixda birinchi marta projektorlar masalasiga qattiq turib, 4 ta klubni yozgacha ogohlantirdi va yakunda o'yinlarni boshqa stadionlarga ko'chirdi. "Mash'al" "Turon" bilan kelishdi va o'yinlar ketma-ketligini almashdi. PFL jamoalarga qulay bo'lishi uchun, bunga rozilik berdi. Chunki bir klubni ikki marta jazolash ham to'g'ri ish emas. "Qo'qon-1912" klubi Yaypandagi stadionni tanladi, ikki tomon o'rtasidagi iliq aloqalarni inobatga olsak, bu erda hech qanday muammo bo'lmaydi, masofa ham juda yaqin.
"Andijon" va "Surxon" esa raqiblari bilan kelishib, PFLga taklif bilan chiqdi. Xuddi "Mash'al" bilan bo'lgani kabi, PFL ularning taklifiga ham qarshi borgani yo'q. Chunki "Paxtakor" va AGMK raqiblarining o'yinni tashkil etish bilan bog'liq ayrim harajatlarini ko'tarib beradi.
Tez orada projektor olib kelishi shart bo'lgan klublar esa hozir har bir tiyin pulini o'lchaydigan vaqt. Aytaylik, "Andijon" o'yinni Namanganda o'tkazishi uchun, o'yinni tashkil etish bilan bog'liq harajatlardan tashqari, stadion uchun ham alohida ijara haqi to'lab berishi kerak bo'lardi. Yig'inlarini ko'pincha Toshkentda o'tkazadigan "Surxon" esa "Bunyodkor" yoki "Lokomotiv" stadionlariga Chempionlar ligasi sabab tegina olmaydi.
Biz shunday ishlayapmizki, nasib bo'lsa kelasi mavsum Superligada projektorsiz o'ynaydigan klubning o'zi qolmaydi. "Qo'qon" va "Surxon" allaqachon harakatni boshladi, tez orada "Andijon" va "Mash'al"dan ham yangilik eshitsak kerak. Superligaga ehtimoliy chiqishi mumkin bo'lgan "Buxoro", "Neftchi", "Dinamo" klublarida projektor yaxshi, "Olimpik" rahbarlari ham shu yozning o'zida projektorni sozlashga va'da bergan.
Biz ishlayapmiz. Xayrulla Xoliqovda kontaktim bor, qo'ng'iroq qilib sababini so'rasa, albatta tushuntirib bergan bo'lardim. Yaxshi jurnalist avval surishtiruv o'tkazadi".
Diyor Imomxo'jaev.
P.S. Yuqorida haqli savolni o'rtaga tashlagan dedim, aslida bir klubning biror raqibni ikki marta o'zida qabul qilishi, qolgan jamoalarga nisbatan u qadar to'g'ri ish emas. Ammo klublarning moliyaviy holatini aniq bilib turib ham robotga aylanib olmadik. Bu erda asosiy faktor, klublar moliyaviy tarafdan iqtisod qilib, o'zlari shunday taklifni berayotganidir. Biz kundan-kunga murakkabliklarni engishga harakat qilyapmiz.