Samarqandda superkambek: «Dinamo» dramatik o'yinda «Xorazm»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Pro liga 13-turining markaziy va dramatik kechgan qarama-qarshiligi Samarqandda «Dinamo» va «Xorazm» o'rtasida kechdi.
Uchrashuvda hisob mezbonlar vakili Siroj Meliev tomonidan ochilgan bo'lsa, bo'lim yakuni – 45 va 45+1-daqiqada Ro'zimboy Ahmedov xatodan unumli foydalanib, tanaffusga jamoasini g'olib sifatida olib chiqdi. 53-daqiqada yana o'sha Ro'zimboy Ahmedov katta sahnaga chiqib, hisobni 1:3ga etkazdi.
60-daqiqada Siroj Meliev dublga erishib, hisobni 2:3ga etkazgach, o'yingohda elektr uzilishi kuzatilib, bosh hakam o'yinni 15 daqiqaga to'xtatib qo'ydi.
Muammo bartaraf etilgach, Hakim Fuzaylov jamoasi hujumkorlikni oshirdi. Natijada 81-daqiqada Shoxruh Abdurahmonov o'zi ishlagan penaltini golga aylantirgan bo'lsa, 90+1-daqiqaga kelib, tinimsiz hujumlarni Dmitro Sidorenko golga aylantirib, kambek bilan stadionni larzaga keltirdi – 4:3.
Pro liga. 13-tur
27 iyun (yakshanba)
«Dinamo» - «Xorazm» - 4:3
Hakam: Rustam Choriev
Gollar: Siroj Meliev 6, 60, Shohrux Abdurahmonov 81 pen., Dmitro Sidorenko 90+1 - Ro'zimboy Ahmedov 45, 45+1, 53.
«Dinamo»: 1. Farhod Rahmatov (Aslon Ahrorov, 46), 2. Dmitro Sidorenko, 7. Shoxruh Abdurahmonov, 9. Temur Usmonov (Temur Ismoilov, 70), 14. Siroj Meliev, 15. Obid Jo'raboev, 19. Islom Sharipov, 22. G'olibbek Sariboev, 26. Komil Sharofutdinov (Jasur Hasanov, 46), 77. Sardor Eminov, 88. Oleg Marchuk (Muhammadqodir Hamraliev, 46).
«Xorazm»: 35. G'ayrat O'daev, 4. Jasur Otajonov, 6. Farrux Haydarov, 8. Sardor Jahonov, 9. Ma'rufxo'ja Murodov, 14. Elyor Mamasoliev, 19. Habibulla Matyoqubov, 21. Mirjalol Qurbonov, 22. Ro'zimboy Ahmedov, 88. Abror Xusinov, 89. Abdulholiq Qurbonov.

Bosh sahifaga
337