So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evro-2020. Stadion.uz xodimlarining Belgiya hamda Portugaliya o'yini haqidagi taxminlari qanday?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112
Bugun Evropa chempionatida nimchorak final bahslari davom ettiriladi.
Shubhasiz, ushbu bosqichning eng markaziy to'qnashuvlaridan deya tilga olinayotgan bahslardan biri bugun Portugaliya hamda Belgiya jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Turnirdagi terma jamoalar soni 24 taga oshirilgandan so'ng tabiiyki, intriga ham shunga yarasha etarli darajada ko'paygani bor gap. 1/8 finalning o'zidayoq finalga teng o'yin bizni kutib turibdi. Afsuski, bugun musobaqa favoritlaridan biri bilan xayrlashishga majburmiz. Xo'sh, u qaysi jamoa bo'lishi mumkin?!
Stadion.uz xodimlari esa bu borada o'z taxmin va mulohazalarini bildirib o'tadi.
Yusufbek Saydaliev
Bugunning o'zidayoq Evroning asosiy favoritlaridan biri bilan xayrlashishga majburmiz. Biroq o'rtamiyona jamoalarni ham musobaqa darajasidan pastda deb aytib bo'lmaydi.
Bugungi o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, jamoalarning hozirgi egallab turgan mavqelari yuzasidan Belgiyaga kichik ustunlik berish mumkin.
Guruh bosqich uchrashuvlari boshlanmasidan oldin esa bu gapning teskarisini aytishim mumkin edi. Biroq statistik jihatdan portugallarning ustunlugini unutmaslik kerak - 7:6. Buning ustiga so'nggi 5 ta o'yinda Lukaku va uning jamoadoshlari raqiblarini biror marta ham enga olishmagan.
Portugaliya guruhni ancha ishonchsiz tarzda o'tkazganini menimcha barcha kuzatdi. Jamoa muxlislari pley-off yo'llanmasi naqd bo'lgunga qadar yuraklarini hovuchlab o'tirgan bo'lsa ajab emas. Darhaqiqat, Santush musobaqa davomida juda ko'p tanqidlarga sabab bo'lmoqda. Bularda etarlicha asos bor. U Evroning yulduzli tarkibini muhim pallalarda o'ynatib yubora olmayapti.
Jamoani guruhdan o'z etakchilarining inertsiyasi olib chiqib qo'ydi. Biroq bu bilan endi ish bitishi qiyin. Raqib ancha jiddiy - Belgiya. Bugun Ronalduning o'zi hisobdagi quvlashmachoqlarda asosiy qahramon bo'ladi ham deylik, biroq Belgiya faqatgina Lukakuning o'zi bilan tinchib qoladigan jamoa emas. «Qizil iblislar»ning zaxiradan maydonga tushadigan boshqa «iblislari» ham talaygina. Ularda o'yinni burib yubora oladigan potentsial etarlicha.
Katta ehtimol, bugun Portugaliya murabbiyining ojizligi evaziga turnirni to'g'ri ma'noda tark etadi. Belgiyadagi sifatli ijrochilar o'yin masalasini hal qilishini kutyapman. Biroq bittalik o'yinlardagi Ronalduning xarizmasini ham unutmaslik kerak. Shuning hisobiga:
Belgiya 3:1 Portugaliya
Nizomjon Islomov
Shak-shubhasiz, bugungi o'yinda Belgiya nisbatan favorit. Garchi Ronaldu darajasidagi futbolchisi bo'lmasa-da, umumiy jihatdan Belgiya tarkib borasida Portugaliyadan kuchliroq.
Portugaliya so'nggi yillarda kuchaygani rost. Tarkibda ham kuchli futbolchilar soni ko'paygan. Jamoada xarakter bor.
Fikrimcha, o'yinda Belgiya 1-raqamda harakat qiladi, Portugaliya esa juda qarshi hujumga asoslanib deya olmaymanku, baribir, ko'proq qarshi hujumga tayanadi. Asosiy vaqtda durang qayd etilsa kerak. Penaltilar seriyasida esa omad kim tomonda bo'lsa, o'sha yutadi.
Men nega Portugaliya yutishi mumkin, deyapman, chunki g'oliblik "hujayralari" Ronaldu va uning jamoadoshlarida ko'proq.
Belgiya 2:2 (penaltilar. 5:6) Portugaliya
Dadajon Foziljonov
Bugun ikkita kuchli terma jamoalar ishtirokidagi murosasiz qarama-qarshilikka guvoh bo'lamiz. O'z o'zidan pley off bosqichi bo'lgani uchun ikkala tomon ham maksimum kuchi bilan harakat qiladi. Biroq ehtiyotkorlikni unutib qo'ymagan holda. O'ylashimcha mana shu ehtiyotkorlik Belgiya terma jamoasida ko'proq bo'ladi va ular himoyada raqiblariga qaraganda ishonchliroq o'yin namoyish etishadi. Biroq, oldingi chiziq borasida kuchlar mutlaqo teng. Personalarga keladigan bo'lsak, ikkala jamoada etakchi, turnirning to'purarlari mavjud.
Belgiya 3:2 Portugaliya
Jamjidjon Mahmudov
Belgiya ham, Portugaliya ham deyarli teng kuchli jamoa. Portugaliyalik safida Ronaldu bor, Martines shogirdlarida esa jamoaviy o'yin ancha shakllangan. Bu bahs gollarga boy o'tishini taxmin qilish mumkin. Sababi, ikki jamoada ham hujumni sevadigan futbolchilar ko'p. Fikrimcha, uchrashuvni belgiyaliklar minimal hisobda foydasiga hal qila oladi.
Belgiya 2:1 Portugaliya
Nodirjon Abdurasulov
Bugun Belgiya-Portugaliya o'yinida kuchlar teng. Ammo, Ronaldu effekti davom etishi mumkun. Krishtianu gol urmasa ham jamoadoshlariga motivatsiya bera oladi deb o'ylayapman.
Belgiya 1:2 Portugaliya
Manba: stadion.uz