Italiya ajoyib seriya qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Italiya terma jamoasi Evro-2020 1/8 finalida Avstriyani mag'lub etdi (2:1).
Roberto Manchini jamoasi ketma-ket o'n ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Seriya 2020 yil 11-noyabrdan boshlanadi.
Bungacha Italiya Estoniya (4:0), Polsha (2:0), Bosniya va Gertsegovina (2:0), Shimoliy Irlandiya (2:0), Bolgariya (2:0), Litva (2:0), San Marino (7:0), Chexiya (4:0), Turkiya (3:0), Shveytsariya (3:0) va Uelbs (1:0) jamoalarini mag'lub etgan edi.
12 o'yindagi umumiy 34ta gol kiritgan va o'z darvozasidan bir marta to'p olib chiqqan.
Italiya chorak finalda Belgiya yoki Portugaliya o'yini g'olibi bilan o'ynaydi. Mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247