Evro-2020. Daniya ditamiti Uelsni portlatib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Evropa chempionatining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv yakuniga etdi. Uels va Daniya terma jamoalari Amsterdam shahrida ilk chorak finalchini aniqlashdi.
Guruhdan qiyinchilik bilan chiqqan daniyaliklar, kutilmaganda, Beyl jamoadoshlari ustidan yirik hisobda g'alaba qozonishdi.
«Nitstsa» forvardi Kasper Dolberg dublga erishgan bo'lsa, Yoakim Mele 88-daqiqada Daniyaning uchinchi golini urdi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Martin Breytueyt yakuniy hisobni o'rnatdi — 0:4.
Daniya chorak finalda Niderlandiya – Chexiya juftligi g'olibiga qarshi maydonga chiqadi.
Evro-2020. Nimchorak final
Uels – Daniya 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 27 Dolberg, 0:2 – 48 Dolberg, 0:3 – 88 Mele, 0:4 – 90 Breytueyt.
Uels – Uord, Rodon, Devis, Mifem, Roberts (Uilyams, 41), Morrell (Uilson, 60), Allen, Jeyms (Bruks, 78), Remzi, Beyl, Mur (Roberts, 78).
Daniya – Shmeyxel, Larsen (Boylesen, 77), Ker (Andersen, 77), Kristensen, Mele, Dileyni (Yensen, 60), Xeyberg, Damsgor (Nergor, 60), Vestergor, Dolberg (Kornelius, 70), Breytueyt.
Ogohlantirishlar: Rodon (26), Mur (40), Bruks (80), Beyl (90).
Chetlatish: Uilson (90).

Bosh sahifaga
229