"Yuve" darvozabonini ortga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 235

"Yuventus" klubi darvozaboni Mattia Perin faoliyatini yana boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda calciomercato.com nashri xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, "Jenoa" ushbu posbonni ijaraga olishni rejalashtirgan. Biroq turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Perinni jamoada saqlab qolmoqchi. Chunki uni Voytsex Shensniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Huquqiy jihatdan "Yuve"ga tegishli Mattia Perin oxirgi ikki mavsumni genuyaliklar safida o'tkazdi. U 2020/2021 yilgi mavsum A Seriyada "Jenoa" safida 32 o'yinda ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247