«Fiorentina» o'ziga bosh murabbiy topishda qiynalmoqda. Bu safar kim?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Italiyaning «Fiorentina» klubi «Spartak» sobiq ustozi Domeniko Tedeskoni jaoma bosh murabbiyligi lavozimiga taklif qilmoqchi.
Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda. Jennaro Gattuzo bir kun oldin jamoani tark etgandi, u atigi uch hafta davomida «binafsharanglilar»ning ustozi sifatida ish olib bordi.
Bundan tashqari, «Spetsiya» ham Tedesko xizmatlariga qiziqishi bildirgan. Qizig'i shundaki, «Spetsiya»ning hozirgi ustozi Vinchentso Montella ham «Fiorentina» bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.
Avvalroq Tedesko nomzodi «Verona» tomonidan ko'rib chiqilgani haqida xabar berilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230