Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Italiya bilan bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Franko Foda Evro-2020 1/8 finali doirasidan o'rin olgan Italiya bilan bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Italiya terma jamoasi menga eng katta taassurot qoldirgan jamoaga aylandi. Ular yaxshi hujum tashkil qliib, xuddi shu tarzda pozitsion harakat qiladi va himoyadan hujumga o'tishda ham juda kuchli jamoa. Hatto 3-raundda ham jamoa tarkibdagi ko'plab o'zgarishlarga qaramay daxshatli ko'rindi. Bu o'ta xavfli jamoa.
Albatta, har doim muvaffaqiyatli o'yinlardan keyin ham jamoaning tarkibini tanlash haqida o'ylaysiz. Italiya terma jamoasi boshqacha o'yin uslubiga ega va buni inobatga olish muhimdir. Ammo bundan tashqari, bizda avvalgi o'yinga nisbatan hech qanday o'zgarishlar bo'lmaydi. Balki to'p bilan ishlash va taktik fokuslarda o'zgarishlar bo'lishi mumkin", - deydi Foda.

Bosh sahifaga
244