Garet Sautgeyt 2024 yilgacha o'z lavozimida qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeyt bilan shartnomani uzaytirishni taklif qiladi. Unga ko'ra murabbiy Angliya terma jamoasi bilan Evro-2024gacha ishlashni davom ettiradi.
"Biz Sautgeytni terma jamoa bilan ishlashda davom etishini istardik. Garet biz uning ishidan qoniqayotganimizni biladi. Biz uning terma jamoada qolishini istaymiz. Evropa chempionatidan so'ng biz rasmiy muzokaralarni boshlaymiz", - deydi AFA bosh direktori Mark Ballingem.
Sautgeyt Angliya termasida 2016-yildan beri ishlab keladi. Uning boshchiligida Angliya terma jamoasi JCh-2018 yarim finaligacha etib bordi. Ma'lumot uchun, 29-iyun kuni Angliya Evro-2020 1/8 finalida Germaniya bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255