Ispaniya kubogida safardagi gol qoidasi bekor qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi UEFAdan o'rnak olgan holda Ispaniya kubogi musobaqasida safardagi gol qoidasini bekor qilishga qaror qildi.
Avvalroq, 24 iyun kuni UEFA o'z tasarrufidagi klublar o'rtasidagi musobaqalarda mavsum-2021/2022dan boshlab safardagi gol qoidasini bekor qilish haqida qaror qabul qilgan edi. Endi pley-off bosqichida ikki o'yin yakuni bo'yicha umumiy hisob teng bo'lsa, qo'shimcha bo'limlar belgilanadi. Unda ham g'olib nomi aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga navbat beriladi.
Ispaniya kubogining navbatdagi mavsumida faqat yarim final to'qnashuvi 2ta o'yindan iborat bo'ladigan bo'ldi. Mana shu bosqichda safardagi gol qoidasi qo'llanilmaydi. Boshqa bosqichlar esa bitta bahsdan iborat bo'ladi.

Bosh sahifaga
246