Belgiya bosh murabbiyi: "Bizda Ronalduga qarshi o'yin rejasi yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines o'zining jamoasi Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronalduga Evro-2020 1/8 finalining bo'lajak o'yinida qanday qarshilik ko'rsatishi haqida fikr bildirdi:
"Hamma Ronalduning jahon darajasidagi o'yinchi ekanligini biladi. U o'z o'yinini o'z yoshiga moslashtirdi. U bo'shliqdan unumli foydalanadi, ammo Portugaliya terma jamoasida boshqa xavfli futbolchilar ham bor. Bruno Fernandes, Diogo Jota, Bernard Silva va hattoki Pepeni o'ylab ko'ring.
Bizda Ronalduga qarshi o'yin rejasi yo'q. Agar, diqqatni bitta o'yinchiga qaratsangiz, xavf boshqasidan kelib chiqishi mumkin. Albatta, Krishtianu katta tahdid, ammo qolgan to'qqiz nafar futbolchiga nisbatan ham hushyor bo'lishimiz kerak", - dedi Martines.

Bosh sahifaga
307