So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evro-2020. Italiya - Avstriya (prevyu)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129
Ertaga Italiya hamda Avstriya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.
Guruh bosqichida hech bir terma jamoa "A" guruh g'olibi bo'lgan Italiyadek ko'p tassurot qoldimadi. Manchini shogirdlari Turkiya va Shveysariya bilan o'yinda 3:0 hisoblarida g'alaba qozonishdi, Uelsga qarshi bahsda esa minimal hisobda ustunlik qilgan holda gol o'tkazmay g'alaba qozongan o'yinlar sonini 11 taga etkazib olishdi.
"Uembli"da bo'ladigan o'yinda ulardan mazkur g'alabali seriyani davom ettirishini ko'pchilik kutmoqda.
Avstriya "C" guruhidagi o'ynini Shimoliy Makedoniyaga qarshi g'alaba bilan boshladi — 3:1. Niderlandiyaga boy berilgan o'yindan (0:2) so'ng, ular Ukrainaga qarshi bor kuchlarini berib o'ynashdi va Kristof Baumgartnerning goli evaziga uch ochkoni qo'lga kiritib pley-offga yo'l olishdi. Shunday o'yin ertangi bahsda ham talab etilishi tayin.
Taxminiy tarkiblar
Italiya: Donnarumma; Di Lorenzo, Bonuchchi, Acherbi, Spinazzola; Barella, Jorjinyo, Lokatelli; Berardi, Immobile, Insine.
O'yinda qatnasha olmasligi mumkin: Florenzi (to'piq), Kellini (son)
Avstriya: Baxmann; Layner, Dragovich, Hinteregger, Alaba; Laymer, Grilitsch, Shlyager; Zabitszer, Baumgartner, Arnautovich.
Qatnasha olmaydi: Lazaro (son)
Guruhda 3 ta g'alaba, 3 ta quruq o'yin o'tkazgan Italiya terma jamoasi tarixida ilk bor pley-offga chiqqan Avstriya bilan o'ynaydi.
Italiya - Avstriya uchrashuvi g'olibi 2-iyul kuni chorak finalda Belgiya - Portugaliya o'yinida g'alaba qozongan terma jamoa bilan o'ynaydi.
Avvalgi uchrashuvlar
Avstriya Italiyaga qarshi 36 o'yinning 12tasida g'alaba qozongan bo'lsa-da, ularning oxirgi g'alabasi 1960-yilning dekabr oyida kuzatilgan. O'shandan beri Italiya mag'lub etilmagan — 3 durang, 10 mag'lubiyat.
Tomonlarning oxirgi to'qnashuvi 2008-yilning avgust oyida o'rtoqlik uchrashuvi doirasida bo'lgan va 2:2 hisobi qayd etilgan. Mazkur bahsda Emanuel Pogatetz va Mark Yanko Avstriyadan gol urgan bo'lsa, Alberto Jilardinyo hamda Ramazan O'zchanning (avtogol) gollari "skuadrazzura" hisobiga yozilgan.
Oxirgi xabarlar
Guruh bosqichida Italiya terma jamoasida 26 o'yinchidan 25 tasi maydonga tushdi. Aleks Meret (darvozabon) esa Evro-2020 o'yinlarida qatnashmadi.
Italiya ushbu Evrodan oldin Evropa chempionatlarida ikkitadan ko'p gol urmagan edi. Ushbu an'ana Evro-2020 ilk o'yinida buzildi.
Italiya terma jamoasi oxirgi marta Evro-2000 musobaqasida guruh bosqichning 3 ta bahsida g'alaba qozongan edi: Turkiya 2:1, Belgiya 2:0, Shvetsiya 2:1. O'sha musobaqada italiyaliklar Frantsiyadan keyin ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishgan.
Italiya termasi to'prurari Chiro Immobile terma jamoa safidagi oxirgi 4 o'yinning barchasida gol urdi. Bunga qadar Chiro ketma-ket ikkita o'yindan ortiq golli seriya qayd eta olmayotgan edi. Immobilening Italiya terma jamoasidagi statistikasi: 48 o'yin, 15 gol.
Avstriya tarkibida Evropa chempionati va saralashida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi Marko Arnautovich bo'ladi — 31 o'yin.
Franko Fodaning Avstriya termasidagi 26 o'yinchining 21 nafari Germaniya Bundesligasida o'ynab kelmoqda. Ulardan David Alaba ketma-ket to'qqizinchi marta Germaniya chempioni bo'ldi.
Evro-2016 da qatnashgan Avstriya o'yinchilaridan sakkiztasi bu musobaqada ham ishtirok etishmoqda. Ular: Dragovich, Arnautovich, Alaba, Ulmer, Hinteregger, Baumgartlinger, Ilsanker, Zabitzer, Shopf.
Italiya - Avstriya bahsi "Uembli" stadionida o'tkaziladi (26-iyun, 23:55 Toshkent vaqti).
Manba: uefa.com