Avstriyaga qarshi bahs oldidan italiyaliklar sardori safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

Italiya terma jamoasining 36 yoshli markaziy himoyachisi Jorjio Kellini Avstriyaga qarshi bahs oldidan umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi, deya xabar beradi Football Italia nashri. Ammo, manba ta'kidlaganidek, katta ehtimol bilan himoyachi o'yinni zaxirada boshlaydi, chunki Roberto Manchini asosiy himoyachilar Leonardo Bonuchchi - Franchesko Acherbi kabi o'yinga tayyor futbolchilar bilan bahsni boshlashni afzal ko'rdi.
Eslatib o'tamiz, Kellini Shveytsariya terma jamoasi bilan guruh bosqichi ikkinchi tur uchrashuvida (3:0) jarohat olgan va u uchinchi tur o'yinida qatnashmagan edi. Italiya va Avstriya o'rtasidagi Evro-2020 1/8 final uchrashuvi 26-iyun, shanba kuni Londondagi (Angliya) "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23: 59da boshlanadi.

Bosh sahifaga
245