Kevin Gameyro Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

"Valensiya" hujumchisi Kevin Gaymero Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin, deb xabar beradi RMC Sport.
Manbaning xabar berishicha, "Marsel" 34 yoshli frantsuzni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, 1-iyulda Gameyroning "ko'rshapalaklar" bilan tuzgan shartnomasi tugaydi va erkin agentga aylanadi. Shundan keyin, futbolchi boshqa jamoaga tekinga o'tishi mumkin.
2020/21-mavsumda Gameyro barcha turnirlarda 27 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol urgan va 1 golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq frantsiyalik hujumchi Frantsiyada "Strasburg", "Loren" va "PSJ" jamoalarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282