So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Portugaliya Belgiyadan qo'rqadimi? Santush javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Evropa chempionatining nimchorak final bosqichida bo'ladigan Belgiyaga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Men Belgiyadan qo'rqamanmi? Men Evropa chempionati va Millatlar ligasida g'alaba qozondim. Men o'z g'oyalarim bilan mag'lubiyatga uchrayman yoki g'alaba qozonaman. Agar men insonlar fikriga tayanib maydonga futbolchilarni tushirsam, Germaniyadan 4ta gol o'tkazib yuborishimiz mumkin. Shunda odamlar nima deyishadi? Men o'zgalar fikri bilan emas, o'z g'oyalarim bilan yashashim zarur. 66 yoshdaman va tanqid menga ta'sir qilmaydi. Hech qachon.
Biz g'oliblikka da'vogarmiz. Ishonamanki, Portugaliya jahonning eng yaxshi jamoalari bilan kurashishga qodir. Biz g'alabaga yoki ishonamiz, yoki yo'q. Biz har qanday raqibni mag'lub etishimiz mumkin. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, hech bir jamoa bizni osonlik bilan mag'lub etamiz, deb o'ylamaydi. Hattoki Germaniyaga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv ham meni o'z fikrimdan qaytara olmaydi. Mening boshqaruvimda jamoa 59ta o'yindan 5tasida mag'lub bo'ldi. Germaniyaga qarshi bahs esa eng yomon o'yinlarimizdan biri bo'ldi», — dedi Santush.
Eslatib o'tamiz, Belgiya - Portugaliya uchrashuvi 27 iyun kuni bo'lib o'tadi.