Dzyuba «rekord»ini yaxshilab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Artyom Dzyuba Evropa chempionatining antiqa rekordlarini o'rnatishda davom etadi.
Daniyaga qarshi so'nggi o'yinda Artyom ofsayd holatiga tushib qoldi hamda o'zining bu boradagi peshqadamligini mustahkamladi. Hujumchi butun turnir davomida jami etti marta noto'g'ri pozitsiyada bo'lgan.
Uning eng yaqin ta'qibchilari esa 4 talik ko'rsatkichni qayd etishgan. Umuman olganda, Rossiya terma jamoasi futbolchilari umumiy to'qqiz marta ofsayd holatiga tushib qolishgan.
Dzyuba Evropa chempionatida bitta gol urdi. Ayni dam taniqli hujumchi Rossiya terma jamoasining butun tarixidagi gollari soni bo'yicha Aleksandr Kerjakov bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235