«Yuventus» Shomurodovga qiziqishda davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253

"Yuventus" klubi hamon "Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodovga bo'lgan qiziqishni ushlab turibdi.
Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko'ra, klublar vakillari hamda Shomurodovning agenti o'zbekistonlik futbolchi borasida o'zaro uchrashuv o'tkazishgan.
Eslatib o'tamiz, Eldor A seriyaning yakunlangan mavsumida 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221