Ular kelishib olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

Corriere dello Sport nashrining xabariga ko'ra, «Roma» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan va jamoa yangi bosh murabbiyi Joze Mourino o'rtasidagi mojaroga barham berilgan.
Iyun oyi boshida Mxitaryan rimliklar bilan shartnomasini bir yilga uzaytirgandi. Undan jamoada qolishini aynan Mourino iltimos qilgani aytilmoqda. Yaqin orada futbolchi va murabbiy o'zaro suhbatlashib olishdi va hazil bilan o'tmishdagi voqealarni muhokama qilishdi.
Eslatib o'tamiz, 2018 yil yanvar oyida «Manchester Yunayted»da Mourino bilan kelishmovchiliklar tufayli armanistonlik «Arsenal»ga yo'l olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241