Sobiq «Borussiya» murabbiyi APLda ish boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, Dortmundning «Borussiya» klubi sobiq bosh murabbiyi Lyusen Favr «Kristal Pelas»da ish boshlashga yaqin turibdi.
63 yoshli shveytsariyalik Premer-liganing mavsumida 14-o'rinni egallagan klub bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.
Ta'kidlanishicha, Favr ayni paytda Angliyada ishlash uchun ruxsatnomasini kutmoqda va uni yaqin kunlarda oladi.
Eslatib o'tamiz, Favr Dortmundning «Borussiya»sidan 2020 yil dekabrida iste'foga chiqarilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265