Mendi: "Men katta maosh xohlayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi o'zining o'yini bilan yaxshiroq shartnomaga loyiq deb hisoblamoqda.
Marca xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi "qirollik klubi" rahbariyatidan maoshini oshirishni so'ragan.
Biroq, "qaymoqranglilar"ning boshliqlari frantsuzni rad etishga majbur bo'lishdi, chunki inqiroz tufayli kerakli mablag' yo'q.
O'tgan mavsumda Mendi "Real" tarkibida 38 uchrashuv o'tkazgan va 2 gol urgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yana 4 yilga mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265