Levandovski: «Omadimiz kelmadi xolos»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski termaning Evrodagi o'yini haqida gapirdi.
Polshaliklar uchta uchrashuvda atigi bir ochko to'plashdi va guruh bosqichidan so'ng turnirini tark etishdi.
“Biz albatta chuqur qayg'udamiz. Barchaning hafsalasi pir bo'ldi. Ehtimol, bizga biror bir joyda mahorat etishmayotgandir, ammo qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Ushbu turnirda omadimiz kelmadi xolos", - deydi Levandovski.
Levandovski Evroda uchta gol urganini qo'shimcha qilish mumkin. Polsha Shvetsiya, Ispaniya va Slovakiya jamoalari bor guruhda so'nggi o'rinni egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254