Benzema bu borada Zidanni ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Evropa chempionati guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan Portugaliya va Frantsiya uchrashuvida hujumchi Karim Benzema dubl qayd etdi. Opta Jeo tvitterda yozganidek, Benzema 33 yoshda 186 kun ichida rasmiy xalqaro turnirlarda Frantsiya termasida gol urgan eng keksa futbolchi bo'lib, Zinedin Zidaning 31 yil 356 kunlik rekordini ortda qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Benzema Frantsiya terma jamoasida 2007-yil mart oyida debyut qilgan. Shundan buyon u milliy jamoada 86 ta uchrashuv o'tkazib, 29 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271