Boateng Bundesligaga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

Kevin-Prins Boateng «Herta» klubiga qaytdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.O'tgan mavsumni Italiyaning «Montsa» klubida o'tkazgan Kevin-Prins Boateng yangi mavsumni ijara asosida «Gerta»da o'tkazadi. 34 yoshli yarimhimoyachi klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Germaniya va Gana fuqarosi sanalmish Boateng o'tgan mavsum «Montsa» safida 25 o'yinda 5ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ma'lumot uchun, Kevin-Prins 2005 yilda faoliyatini aynan «Gerta» safida boshlab, shundan so'ng «Tottenxem», «Borussiya D», «Milan», «Barselona», «Beshiktosh» singari bir qator klublar sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219