"Chelsi"ning chempionlk yo'li
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

Agar mavsum boshida kimdir "Chelsi" Chempionlar Ligasida g'olib chiqadi deb aytganida, bu odamning futbol haqidagi bilimiga katta shubha bilan qarashardi. Ammo "Aristokratlar" buni uddaladi.
"Chelsi" 2020-2021 yilgi Chempionlar ligasi g'olibligidagi yo'li.
Guruh bosqichi

Londonliklar turnir boshlanishida daraja jihatdan o'ziga yaqin klub bilan to'qnash keldi. "Sevilya" bilan uchrashuvda golli vaziyatlar nisbatan kam bo'ldi. Yoki jamoalar bir-birlaridan qo'rqishdi. Chunki, har ikki jamoa "Krasnodar" va "Renn" bilan osonlikcha natijaga erishishlarini aniq bilishgan.
"Chelsi" keyingi to'rtta uchrashuvda g'alaba qozondi va pley-off masalasini muddatidan avval qo'lga kiritdi.
"Sevilya" bilan javob o'yinida Olive Jiruning pokeri evaziga asosiy raqib taslim etildi. Guruhdagi vaziyat aniq bo'lib ulgurdi so'nggi tur rasmiyatchilik uchun o'tkazildi.
2021 yilning yanvarida, Frenk Lempard "Chelsi"dan ketganida, aksariyat mutaxassislar hayron bo'lishdi. Haqiqatan ham, natijalar yaxshilanayotgandi va yangi qurilayotgan jamoa sifatida Lempardga imkon berilishi kerak edi.
Ammo, vaziyat shuni ko'rsatdiki, Mariya Granovskaya Tomas Tuxelning nomzodi ilgari surib, adashmagan edi.
1/8 final. "Atletiko Madrid" (umumiy hisob - 3:0)

O'z guruhining g'olibi sifatida nimchorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimida "Chelsi" birinchi o'rinni egallagan jamoalar qatoridan joy oldi. Biroq raqib Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko Madrid" bo'ldi.
Tuxel PSJdan keyin "Chelsi" bilan ham Simeoneni taslim etishni uddaladi. Birinchi uchrashuvda Jiru tomonidan kiritilgan gol London klubiga g'alaba keltirdi.
Javob o'yinida Hakim Ziesh va Emerson bittadan gol urib jamoaga chorak final yo'llanmasini taqdim etishdi.
Chorak final "Portu" (umumiy hisob - 2:1)

Chorak finalda "Chelsi" raqibning himoyadagi xatolaridan qanday foydalanish bo'yicha "master-klass" o'tib berdi. Jorjinoning pasidan so'ng Meyson Maunt gol urdi. Ikkinchi bo'lim yakuniga yaqin Ben Chiluell hisobdagi farqni ikkitaga etkazdi.
Javob o'yinida Tuxel natijani ushlab qolish uchun o'ynadi. "Portu" futbolchisi Mehdi Taremi gol urganida kompensatsiya qilingan daqiqalar allaqachon tugab bo'lgan edi. Bu jamoa uchun hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasa-da, turnirning eng chiroyli goli deb topilishiga hech narsa to'sqinlik qila olmadi.
Yarim final. "Real Madrid" (umumiy hisob - 3:1)
Ajablanarlisi shundaki, Tuxel Zidandan ham ustun kela oldi. Uydagi uchrashuvda "qirollik klubi" Karim Banzemaning individual mahorati hamda raqibning golga aylanmagan hujumlari tufayli durang natijani saqlab qoldi. Ushbu o'yinda Madridning eng yaxshi yarim himoyachilari Kante va Jorjinoga qarshi amalda hech narsa qila olishmadi.
Ikkinchi o'yin ham "ko'klar" ning ustunligi bilan o'tdi. Birinchi bo'limda Timo Verner Kay Xavertsning zarbasidan keyin bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi, ikkinchi bo'limda londonliklar bir nechta ajoyib imkoniyatlardan foydalana olmadilar, shu tufayli intriga o'yin oxiriga qadar davom etdi. Maunt 85-daqiqada Kristian Pulishichning uzatmasidan so'ng barcha masalaga nuqta qo'ydi.
"Chelsi" 9 yillik tanaffusdan so'ng EChL finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Final

Va nihoyat, "Chelsi" finalda turnirning asosiy favoritlaridan biri "Manchester Siti"ni hotirjam tarzda mag'lub etdi. Birinchi bo'limnig o'zidayoq, Verner uch marta gol urishi mumkin edi.
Xosep Gvardiola jamoasining hujumdagi urinishlarini "Chelsi" himoyachilari Ris Jeyms, Sesar Aspilikueta va Antonio Ryudiger barcha xavfli uzatmalarni qaytarishdi va raqib zarbalarni bloklab qo'yishdi.
Taym oxirida Maunt Kay Havertsni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi va u Edersonni aldab o'tib, to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Ikkinchi bo'limda, "Chelsi" raqib hujumlarining barchasini qaytardi.
Bunga "Siti" etakchisi Kevin de Bryuynening jarohati sabab bo'ldi, ammo jamoada etarlicha ijrochilar bor edi. Intriga o'yin yakunigacha saqlanib turgan bo'lsa-da, hisob o'zgarmadi.
Qiziqarli faktlar
"Chelsi" darvozaboni Eduard Mendi Chempionlar ligasi finalida o'ynagan birinchi Afrikalik darvozabon bo'ldi.
Tomas Tuxel esa, Chempionlar Ligasi finaliga ketma-ket ikki yil turli jamoalar bilan etib kelgan birinchi murabbiy sifatida tarixda qoldi.
"Chelsi" o'z tarixida ikkinchi marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va ikkala holatda ham mavsum davomida bosh murabbiy almashdi. 2012 yilda Andre Villash Boash o'rnini Roberto di Matteo egallagan edi.
Xulosa o'rnida
Ehtimol, Pari Sen-Jermen rahbarlari Tuxel ishdan bo'shatilishidan qattiq pushaymon bo'lishgandir, sababi Tuxel yaxshi darajadagi iste'dodli futbolchilardan grand jamoa tuza oldi, biroq bu g'alabalarda Frenk Lempardning ham hissasi bor.

Bosh sahifaga
227