Toshkentdagi OChL o'yinlari oldidan tashkiliy qo'mitasining qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Xabaringiz bor, 25 iyundan 11 iyulga qadar Toshkent shahri OChL guruh bosqichi ikkita guruhi o'yinlariga mezbonlik qiladi.
Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida «H» va «I» guruhi uchrashuvlari oldidan tashkiliy qo'mita qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda musobaqa tashkilotchiligiga doir bir qator masalalar - stadionlardagi sharoit, tibbiy protokol, xavfsizlik, hakamlik va yana bir qator yo'nalishlar yuzasidan OFK vakillari bilan muhokama etildi.
Ushbu markazlashgan musobaqada faoliyat olib borishi rejalashtirilgan barcha delegatsiyalar poytaxtimizga etib kelishga ulgurdi.
Tadbir avvalida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov so'zga chiqib, mehmonlarni O'zbekistonga tashriflari bilan qutladi va mamlakatimizda o'tadigan musobaqa ularda iliq taassurot qoldirishiga umid bildirdi.
Shuningdek, Osiyo futbol konfederatsiyasi vakili Avaz Berdiqulov qo'mita yig'ilishida so'z olib, OFK qit'a miqyosidagi shu kabi musobaqalarni O'zbekiston bilan hamkorlikda o'tkazishdan mamnun ekanini e'tirof etdi.
O'z navbatida, yig'ilishda OFK tasnifidagi musobaqalarning marketing, media, tijorat va tibbiy masalalari atroflicha muhokama qilinib, tomonlarning bu borada tashkiliy qo'mita a'zolariga zarur ko'rsatmalar berildi.

Bosh sahifaga
225