«Barselona» Dembelening jarohati tufayli FIFAdan kompensatsiya puli oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

FIFA Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele jarohat olgani uchun "Barselona" klubiga kompensatsiya puli to'lab beradi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi Evropa chempionati davomida jarohat olgani uchun "ko'k-anorranglilar" 2,5 million evro miqdorida pul olishadi. Dembelening tiklanish jarayoni 4 oydan oshib ketsa, ushbu summa oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Usmon Vengriyaga qarshi bahsda oyog'ining son qismidan jarohat olgan edi. Shu bois, u jarrohlik stoliga yotadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225