Modrich Xorvatiya terma jamoasi tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Xorvatiya terma jamoasi Evropa chempionati guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida Shotlandiya jamoasini mag'lub etdi(3:1).
"Shaxmatchilar"ning ikkinchi goli jamoa sardori Luka Modrich tomonidan kiritildi. Lukani ushbu goli Xorvatiya terma jamoasining Evropa chempionatlari tarixidagi gol urgan eng keksa futbolchisiga aylantirdi. Modrich ushbu natijaga erishganda 35 yosh-u 286 kunlik edi.
Ma'lumot uchun, Modrich Xorvatiya terma jamoasi tarkibida Evropa chempionatida gol kiritgan eng yosh futbolchi ham hisoblanadi. Evro-2008da Xorvatiya Avstriya ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongan va yagona golga aynan Luka mualliflik qilgan. O'shanda Modrich 22 yosh-u 273 kunlik bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237