Kalvert-Lyuin uchun kurashga yana bir grand jamoa qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

«Everton» forvardi Dominik Kalvert-Lyuin «Arsenal» qiziqishlari markaziga tushgan, deb xabar bermoqda The Telegraph.
«Kanonirlar» futbolchini jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Aleksandr Lyakazettga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Shu bilan birga, «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham Dominikni o'z jamoasida ko'rishni istaydi. Italiyalik mutaxassis «irischilar» safida ingliz bilan birga ishlagan.
24 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 39 uchrashuv o'tkazib, 21 gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198