Shotlandiya nihoyat o'zining qora an'anasiga barham berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Shotlandiya terma jamoasi Evro-2020 guruh bosqichining 3-turida Xorvatiya bilan bahs olib bordi va raqibi darvozasini ishg'ol qila oldi. Kallum Makgregor gol muallifiga aylanganidan xabaringiz bor.
Shunday qilib, shotlandlar 1996 yildan beri birinchi marta Evroda gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Shotlandiya 25 yildan beri buning uddasidan chiqa olmay kelayotgan edi.
Oldinroq Klark jamoasi Chexiya va Angliya darvozasini ishg'ol eta olmagan. Shotlandiyaliklar chexlarga yutqazishdi, ammo ular inglizlar bilan golsiz durang qayd etishgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200