Mourinoga Bundesliga futbolchisi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino «Ayntraxt Frankfurt» futbolchisi Filipp Kostichni sotib olmoqchi. Muzokaralar allaqachon boshlangan. Bu haqda insayder Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Joze serbiyalik hujumchini anchadan beri kuzatib keladi. U Kostichning rimliklar hujumini sifat jihatidan kuchaytirishiga ishonyapti.
«Bo'rilar» Kostich uchun taxminan 15 million evro to'lashiga to'g'ri keladi. Filippning nemislar bilan shartnomasi ikki yildan so'ng o'z yakuniga etadi.
Bundesliganing so'nggi mavsumida serbiyalik futbolchi «Ayntraxt» tarkibida to'rtta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199