Hozirgi Rossiyaga Gvardiola va Klopp ham yordam bera olmaydi — Rednapp
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Taniqli murabbiy, mutaxassis Xarri Rednapp Rossiya terma jamoasining Evropa futbol chempionatidagi o'yiniga baho berdi. Eslatib o'tamiz, Cherchesov shogirdlari guruh bosqichini guruhdagi so'nggi o'rinda yakunlashdi.
Ingliz murabbiyi Evroda Rossiya jamoasidan eng yaxshi natijani kutishini aniq aytdi.
- Tabiiyki, men Evropa chempionatida Rossiya terma jamoasidan juda ko'p narsalarni kutgandim. Rossiya buyuk sport xalqi. Va siz har doim jamoangizdan ajoyib futbol kutasiz. Ammo, bilasizmi, hozirda Rossiya jamoasi unchalik yaxshi emas. Futbolchilar endi Angliya Premer-ligasida o'ynashmaydi, endi yuqori toifadagi futbolchilar yo'q.
Rednapp, shuningdek, Rossiya termasi o'tish bosqichini boshdan kechirayotganini, undan keyin haqiqiy parvoz boshlanishi mumkinligini ta'kidladi.
- Va murabbiyni ayblamang, uning hech qanday aybi yo'q. Hozirgi Rossiyani Gvardiola yoki Klopp boshqargan taqdirda ham natija bir xil bo'ladi, — dedi Rednapp.
Manba: sport.ru
Bosh sahifaga
229