"Boboy hali o'lgani yo'q": Jiru terma jamoaga foyda keltira olishi haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru terma jamoadagi o'rni haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
34 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, u Frantsiya terma jamoasiga foyda keltirmoqchi.
"Men hali tugamadim. Siz menga ishonishingiz mumkin. Boboy hali o'lgani yo'q! Men deyarli 35 yoshdaman, lekin menda 20 yoshli yigitning ishtiyoqi bor.
Frantsiyada aql bovar qilmas hujumchilar bor, ammo men kabi futbolchilar yo'q. Jamoa sifatida qanday o'ynashni bilaman. Men hali ham ishtiyoqimni yo'qotganim yo'q va agar yoshlar o'rnimni egallamoqchi bo'lsa, yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishlari kerak", - dedi Jiru.
Evropa chempionati guruh bosqichining so'nggi turida Frantsiya Portugaliya bilan o'ynaydi. O'yin 23 iyun chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Manba: isport.ua
Bosh sahifaga
245