So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xorazmga katta futbol qaytmoqda!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21764

Xorazmga katta futbol qaytmoqda deya xabar beradi PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev ijtimoy tarmoqlardagi sahifasi orqali.
“Xorazmda yaxshi bir stadion bor. Biroq u tashlandiq ahvolda. Ko'rinishidan, endi yaxshi bo'ladi.
Asli xorazmlik bo'lgan katta amaldorlardan biri “Xorazm” futbol klubiga ham e'tiborini qaratdi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, stadion uchun “Paxtakor”nikidek chim xarid qilingan. Endi yuqoridagi rasmda aks etib turgan manzara tarixga aylanishi mumkin. Umid qilamizki, “Xorazm” avvalgi mavqeini tiklab oladi va kuchlilar qatoriga qaytadi.
P.S. Yana bir norasmiy xabarlarga ko'ra, Buxoro viloyatida ham hokim harakatga kelgan. Stadion masalasida bu erlardan ham yangiliklar bo'lib qolishi mumkin shekilli”, deb yozadi Imomxo'jaev.