Gosensga da'vogar jamoa bu fikridan qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

«Atalanta»ning nemis himoyachisi Robin Gosens «Barselona» ga o'tmaydi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, Italiya klubi futbolchini 35 million evroga baholagan, ammo kataloniyaliklar bu summani juda yuqori deb hisoblaydilar. Futbolchiga asosiy da'vogar endi - «Manchester Siti».
26 yoshli Gosens o'tgan mavsumda «Atalanta» tarkibida barcha turnirlarda 44 uchrashuv o'tkazib, 12 gol urgan va 8 golga uzatma bergan. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194