Chalxanoglu «Inter» bilan bog'liq mish-mishlarga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

«Milan» etakchilaridan biri Xakan Chalxanoglu kelgusi faoliyati uchun «Inter»ni tanladi.
Futbolchining o'zi qarorini rasman e'lon qildi. Turkiyalik yarimhimoyachi seshanba kuni yangi klubning futbolchisi sifatida ommaga tanishtiriladi.
«Men «Inter» bilan kelishuvga erishdim. Ertaga u erga boraman. Uch yillik shartnoma imzolashim kutilyapti. Bu taxminan to'rt yilga mo'ljallangan bo'ladi», - deya Xakanning so'zlarini keltirmoqda TRT Sport.
«Inter» futbolchiga sobiq klubidagiga qaraganda bir million evro ko'proq maosh taklif qildi. Shuningdek, qo'shimcha bonuslar ko'rinishidagi summalar ham bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207