«Fiorentina» jamoa bosh postiga yangi murabbiyni aniqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, «Fiorentina» jamoaning bosh murabbiy lavozimiga «Spetsiya»ni boshqarayotgan Vinchentso Italyanoni taklif qilmoqchi.
43 yoshli italiyalik Florentsiya klubi bilan bir mavsum uchun 1,2 million evro maosh bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida kelishib oldi. Kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.
Ma'lum bo'lishicha, «Spetsiya» Italyano bilan uning shartnomasida ko'rsatilgan bandni bekor qilganligi uchun tovon puli olishni xohlamoqda. Ushbu summa esa ochiqlanmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222