Ryudigerning kelajagi so'roq ostida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Sky Sports xabariga ko'ra, «Chelsi» markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger bosh murabbiy Tomas Tuxelga kelasi mavsum jamoada o'ynashga to'liq tayyor ekanligini aytdi.
Nemis futbolchisining «ko'klar» bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil vaqt qoldi va yangi shartnoma borasida muzokaralar hali davom etmayapti. Biroq himoyachi yanvar oyida boshqa klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.
«Chelsi» oktyabr oyida Ryudiger bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega edi. Biroq bu amalga oshmadi, demak, endi klub uni bepul qo'yib yuborish ehtimoli katta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271