Norvegiya Qatarda bo'lib o'tadigan JCh-2022ni boykot qilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Norvegiya Qatarda bo'lib o'tadigan JCh-2022ni boykot qilmaydi.
Norvegiya futbol assotsiatsiyasi (NFA) rasmiy saytida xabar qilinganidek, uch soatdan ko'proq davom etgan tashkilotning navbatdan tashqari yig'ilishida 368 ishtirokchi boykotga qarshi, 121 nafari yoqlab ovoz berdi.
Shu bilan birga, NFA Jahon chempionatini Qatarda o'tkazish masalasida FIFAning keskin va jamoatchilik tanqidlarini davom ettirish kerak degan xulosaga keldi. Majlisning 289 ishtirokchisi bunga ovoz berdi, 167 nafari qarshi chiqdi.
Avvalroq OAV Hindiston, Pokiston, Nepal, Bangladesh va Shri-Lankadan kelgan 6700 dan ortiq mehnat muhojirlari Qatarda 2010 yil dekabridan beri 2022 yilgi jahon chempionati uchun qurilish maydonlarida vafot etgani haqida xabar tarqatgan edi. Keyinchalik Germaniya Muxlislar Assotsiatsiyasi va mahalliy klublar Germaniya Futbol Assotsiatsiyasini (GFA) Jahon chempionatini boykot qilishga chaqirishdi.
Manba: isport.ua
Bosh sahifaga
228