Laporta Evropa Superligasi asoschilari aslida kim ekanini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

«Barselona» prezidenti Joan Laportaning ta'kidlashicha, aslida «Liverpul» va «Manchester Yunayted» Evropa Superligasining asoschilaridan biri bo'lgan.
Uning so'zlariga ko'ra, loyihadan ketganidan so'ng hech bir klub tovon puli to'lamagan. Laportaning ishonadiki, Superliga zamonaviy futbol uchun yaroqli turnir bo'lib qolmoqda.
«Liverpul» va «Yunayted» Superliganing haqiqiy asoschilari edilar. Biroq UEFA bu klublarga jiddiy tahdid qildi va natijada ularning ishonchi so'nib ketdi. Ammo hozir ham kech emas.
Klublar hali ham ketganliklari uchun tovon puli to'lamagan. Superliga loyihasi yaroqli va unga ishonsa bo'ladi. Bu erda dunyodagi eng kuchli raqobat bo'lishi mumkin va bu birdamlikka asoslangan bo'ladi", - deydi Laporta.

Bosh sahifaga
233