Insine rahbariyatdan rozi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Italiyaning «Napoli» klubi rahbariyati va jamoa a'zosi Lorentso Insine o'zaro hamkorlikni davom ettirish borasida kelisha olmayaptilar.
Futbolchi «Napoli»dan ketishni istamayapti, u klub bilan kelasi yil yozgacha shartnoma imzolagan. Biroq, 30 yoshli forvard maoshini kamaytirishga tayyor emas, bu rahbariyat qo'ygan talab.
Lorentso kulasi mavsum ham «adzurri»ga yordam berishi uchun o'z maoshini ko'tarishlarini so'ramoqda. Ayni paytda uning transfer qiymati qariyb 48 million evroni tashkil etmoqda.
2020/2021 yilgi mavsumda Insine barcha turnirlar doirasida «Napoli» tarkibida 48 uchrashuv o'tkazib, 19 gol urdi va 11 golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214