Milan klublari o'z etakchilarini almashishlari mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Inter" "Milan"ning turkiyalik yarim himoyachisi Xoqon Chalxanogluga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Calciomercato.
Manbaning xabariga ko'ra, "Neradzurri" yozgi transfer oynasida futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Chalxanogluning "Milan" bilan shartnomasi shu yilning 30 iyunida tugaydi, shu sababli u erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi mumkin. "Inter" ehtimol Kristian Eriksonni Xoqonga almashtirishi mumkin.
O'tgan mavsumda 27 yoshli Chalxanoglu "Milan" tarkibida barcha turnirlarda 43 uchrashuv o'tkazdi, to'qqizta gol urdi va 12 golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238