«Barselona» yarimhimoyachisini sotishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

«Barselona» yozgi transferlar vaqtida portugaliyalik yarimhimoyachi Fransishku Trinkauni sotib yuborishi mumkin, deb xabar berdi Diario Sport.
Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchini 30 million evroga baholagan. Angliyaning top-klublari forvardga qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda 21 yoshli Trinkau «Barselona» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 42 uchrashuv o'tkazib, uchta gol urdi va ikkita golli pas berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha amal qiladi.
Oldinroq «Barselona» nufuzli bank bilan shartnoma imzolamoqchi ekani haqida xabar bergan edik
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239