La Ligaga yo'l olgan 3-jamoa nomi ham ma'lum!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Segundada nihoyat mavsum yakunlandi. «Rayo Valekano» ikkinchi pley-off doirasida safarda «Jirona»dan kuchliroq ekanligini isbotladi - 2:0.
Bu jamoalarning birinchi o'yini aksincha esa raqib foydasiga hal bo'lgandi - 2:1. «Rayo Valekano» safida Garsiya va Trexo gol urishdi. Ikkala gol ham birinchi bo'limda sodir bo'ldi. Qizig'i shundaki, 56-daqiqadan boshlab «asalarilar» o'n kishi bilan o'ynashdi.
Shunday qilib «Rayo Valekano» ikki yildan so'ng yana La Ligaga qaytmoqda. Shuningdek, «elita»ga ko'tarilgan jamoalar orasida «Espanol» va «Malorka» nomlari ham bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216