«Barselona» Messi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

«Barselona» sardori Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi faoliyatini "ko'k-anorranglilar" safida davom ettiradi. Tomonlar 2 yilga mo'ljallangan shartnomani imzolashadi.
Messining yangi shartnomasidagi yillik maoshi 60 million evroga teng bo'ladi. Soliqlar to'langanidan keyin ushbu summa 35 million evroni tashkil qiladi. Bu esa Leoning shu paytgacha olib kelgan maoshidan 53 million evroga kamdir.
Shuningdek, shartnomada mavsum-2022/2023dan keyin futbolchining "Inter Mayami"ga ko'chib o'tishi ham nazarda tutiladi. Messi u erda ham ikki mavsumni o'tkazadi. AQShda ham uning yillik maoshi 35 million evroga teng bo'ladi.

Bosh sahifaga
217