«Milan» Ukraina terma jamoasi hujumchisining o'yinlarini kuzatib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Italiyalik jurnalistlar tarqatayotgan ma'lumotlarga ko'ra, «Milan» texnik direktori Paolo Maldini Roman Yaremchukning transferi bo'yicha «Gent» rahbariyati bilan aloqaga chiqqan.
Manbaga ko'ra, Ukraina terma jamoasining hujumchisi «rossonerilar» lageriga 3 million evro evaziga ijara asosida kelib qo'shilishi mumkin, bu keyinchalik 15-16 million evroga sotib olish huquqini ham o'z ichiga oladi.
Belgiya chempionatining so'nggi mavsumida ukrainalik hujumchi 20 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186