«Borussiya» Isak bo'yicha «Real Sosedad» bilan kelishmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

«Borussiya» sobiq hujumchisi Aleksandr Isakning ortga qaytishini maqsad qilgan.
Bu haqda Sport1 nashri jurnalistlari xabar berishdi. Xabaringiz bor, 2019 yilda Dortmund jamoasi futbolchini «Real Sosedad»ga sotib yuborgandi.
Klublar o'rtasidagi kelishuvda futbolchini 30 million evroga sotib olish mumkinligi to'g'risidagi band mavjud. Sosedad Aleksandrni qo'yib yubormoqchi emas va ushbu bandning bekor qilinishi uchun «Borussiya»ga 5 million to'lashni xohlaydi.
Isak uchun allaqachon grand jamoalar kurashni boshlab yuborgan. Xususan, «Liverpul» futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264