Evro-2020. Portugaliya - Germaniya o'yinidan keyingi statistikalar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223

Evro-2020 guruh bosqich doirasidagi markaziy o'yinda Germaniya 4:2 hisobida Portugaliyani mag'lub etdi.
Uchrashuvdan keyin kuzatilgan statistikalarni taqdim etamiz.
«Nemis mashinasi» Evro guruh bosqichida ilk marotaba 4ta gol urdi.
Germaniya 2000 yildan beri oxirgi 5 uchrashuvda Portugaliyani taslim etdi.
Germaniya portyugallarga qarshi oxirgi 5 o'yinda to'rttasida 3+ gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Ronaldu Portugaliya libosidagi so'nggi 44 o'yinida 46 gol kiritdi.
Portugaliyaning 7 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz tseriyasi (5 g'alaba, 2 durang) yakuniga etdi.
Portugaliya mazkur o'yindan oldin 13 uchrashuvning to'qqiztasida gol o'tkazib yubormagandi.
Manba: uefa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250