Ronaldu Klozening rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatining 2-turi doirasida Germaniyaga qarshi bo'lib o'tgan bahsda bitta gol muallifiga aylandi.
"Opta Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, mazkur gol portugaliyalik futbolchi uchun Jahon va Evropa chempionatlarining final bosqichidagi 19-gol bo'ldi. Krishtianu mazkur ko'rsatkich bo'yicha rekordchi bo'lib turgan Miroslav Klozega etib oldi.
Ronaldu bu borada Gerd Myuller (18 gol), Yurgen Klinsmann (16) va Mishel Platini (14)ni ortda qoldirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273