So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Runini "sotgan" Ronaldu yoxud g'alat qizil kartochkalar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197
Futbolda g'alaba uchun kurashning qizg'in pallasida, futbolchilar ba'zida odob-axloqni unutib, raqib jamoa futbolchilariga jarohat etkazishadi yoki ba'zi paytlarda haqiqiy urushib ketishadi. Ba'zi paytda bu holatga uchrashuv hakamlari sariq kartochka bilan "siylasa", qattiqqo'lloq arbitrlar to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatishadi. Hozir esa biz sizlar bilan futbolda ro'y bergan eng qiziq va esda qolarli bo'lgan maydondan chetlatishlar, ya'ni qizil kartochka olgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz.
YOSIP ShIMUNICh - 2006 yil
O'sha yili bo'lib o'tgan Jahon chempionati paytida, hakam bir o'yinda bitta o'yinchiga naq 3 marta sariq kartochka ko'rsatgan. Ushbu kulgili voqea ham 2006 yilgi JChda yuz bergan. Garchi qoidalar bo'yicha futbolchi ikkinchi ogohlantirishdan keyin maydondan chetlashtirilishi kerak edi, ammo shunda unday bo'lmadi. O'sha kuni xorvatlar avstraliyaliklar bilan guruh bosqichida uchrashishdi. Xorvatiyalik futbolchi Yosip Shimunich 61-daqiqada birinchi, 90-daqiqada esa ikkinchi ogohlantirishini oldi, ammo hakam futbolchini maydondan chetlashtirmadi. Yosip hakamga yaqinlashdi va o'zini maydondan olib tashlash kerakligini aytdi, lekin hakam birinchi marta o'yinchi nomi va raqamini noto'g'ri yozib qo'ygan edi va faqat xorvatiyalikka kulibgina qo'ydi. Bizningcha, hakam futbolchiga ishonmagan bo'lsa kerak. Uchrashuvning qo'shimcha vaqtning 4-daqiqasida Shimunich uchinchi sariq, so'ngra qizil kartochka oladi va nihoyat futbolchi maydonni tark etdi.
KIRON DAYER va LI BOYER - 2005 yil
Maydonda raqib futbolchilar o'rtasidagi raqiblik munosabatlari paytida janjallar bo'lib turishi tabiiy hol, ammo Angliya Premer-ligasi uchrashuvi paytida ikkita "Nyukasl" futbolchilari janjallashib qolishgan. Ularni na o'rtoqlari, na raqib jamoasining futbolchilari ajrata olmadilar. Keyin hakam aralashib, Kironga ham, Boyerga ham qizil kartochkani ko'rsatdi. Mazkur bahsning avvalida ham "Nyukasl" jamoasidan 1 futbolchi qizil bilan siylanga edi va jamoa uchrashuvni 8 kishi bo'lib yakunlashga majbur bo'lishdi.
FRANK RAYKARD - 1990 yil
Frank Raykard va Rudi Fyoller Jahon chempionati paytida bir-birlariga qarshi jang qilishadi. Janjal kutilmagan paytda boshlanib qoldi. Uchrashuvning 20-daqiqasida gollandiyalik futbolchi Raykard germaniyalik raqibi Fyollerni erga yiqitadi, kamiga orqasiga tepib yuboradi va etmaganiga yuziga tupurib ham yuboradi. Nemis bunday haqoratga chiday olmadi va Raykardni jangga taklif qildi. Ushbu vaziyatdalardan biroz chetda qolgan uchrashuv hakami futbolchoilarga sariq berish bilan cheklanadi. Ammo 2 daqiqadan so'ng futbolchilar jarima maydonchasi ichida yana janjal boshlashdi, buning uchun hakam ularga ikkinchi ogohlantirishini beradi va maydondan chiqarib yuboradi. Aytgancha, keyingi janjal nemis futbolchi niderlandiyalikning yuziga tupurib javob qaytargani uchun boshlangan. Ha, hamma narsa javobsiz qolmaydi.
ZINEDIN ZIDAN - 2006 yil
Eng qiziqarli tomoni shundaki, Zinedin Zidan uchun Jahon chempionati finalida ishtirok etish uning faoliyatidagi so'nggi o'yin bo'ldi. Ammo, bu ham Zidanning qiziqtirmas edi. Final uchrashuvuda italiyalik futbolchi Materatstsi o'yinning qo'shimchi daqiqalarida Zinedinning onasi va singlisini haqida haqoratli gaplarni gapirgan. Frantsuz futbolchisi esa o'zini tiyib tura olmadi va italiyalikning ko'kragiga bosh bilan zarba berib, maydonga qulatadi. O'sha vaziyatdan keyin Zidan maydonni qizil kartochka olib, maydonni erta tark etishga majbur bo'lgan. Maydonda ozchilik bo'lib qolgan frantsuzlar italiyaliklarga penaltilar seriyasida yutqazishdi va jahon chempioni degan unvondan quruq qolishadi.
UEYN RUNI - 2006 yil
Jahon chempionatining pley-off bosqichida portugaliyalik futbolchilar Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi Uchrashuv haqiqatdan ham haqiqiy kurashlarga boy o'yin bo'lgan. Maydon o'rtasida ingliz hujumchisi Ueyn Runi raqib himoyachisi Rikardo Karvalyu bilan to'qnashib ketadi. Va ushbu to'qnashuvda portugaliyalik jiddiyroq jarohat oladi. Chunki, Runi maydonga qulagan Rikardoning tanasini butsalari bilan bosib oladi. Hakam huquqbuzarga sariq kartochka ko'rsatmoqchi edi, ammo Krishtianu Ronaldu bu vaziyat qanday bo'lganligini arbitrga tushuntirib beradi. Shu sababli, hakam fikridan qaytdi va cho'ntagidan qizil kartochka olib, Ueynni maydondan chetlatadi.
LORAN BLAN - 1998 yil
Jahon chempionatining yarim final uchrashuvi paytida xorvatiyalik Slaven Bilich frantsiyalik raqibi Loran Blanni maydondan chetlashtirishga "yordam" berib yuboradi. Ammo, bu Xorvatiya terma jamoasini mag'lubiyatdan qutqarmadi. Jarima maydoni ichida tartibsizlik ro'y berayotgan, futbolchilar bir-birlarini ko'ylaklaridan ushlab olishgan. 76-daqiqada Bilich Loranni ushlab oldi va uni itarib yubordi. Keyin esa xorvat aktyorlar kabi qo'llarini boshiga qo'yib, chim ustiga yiqildi. Garchi, Loran raqib o'ziga nisbatan qoida buzganligini hakamga tushuntirgan bo'lsa-da, ammo arbitr bunga ishonnmadi va Blanga qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chiqarib yubordi.
FRANChESKO TOTTI - 2002 yil
Italiyalik Franchesko Totti yiqilish ustasi ekanligini ko'pchilik bilsa kerak. 2002 yilda Janubiy Koreyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati paytida esa bu holat o'z boshiga etadi. Garchi o'sha bahsda Totti bahona qilmagan bo'lsa-da, hakam bunga ishonmaydi. Mezbon jamoa Janubiy Koreaga qarshi uchrashuvning 105-daqiqasida haqiqatan ham koreyslarning jarima maydonchasi ichida Francheskoga nisbatan qoida buzishadi. Ammo hakam italiyalikka ishonmaydi va simulyatsiya uchun Tottiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, maydondan chetlatadi. Ushbu vaziyatdan xursand bo'lgan korealik futbolchilar "oltin" golini urishgan.
LUIS SUARES - 2010 yil
Afrikada bo'lgan Jahon chempionatida mo'jiza yuz berdi: 3 million aholisi bo'lgan Urugvay terma jamoasi yarim finalga chiqdi. Bularning barchasi Gana terma jamoasi bilan o'yin davomida ochiq darvozaga ketayotgan to'pni qo'li bilan qaytarib, yaqqol goldan saqlab qolgan Suares sabab bo'lgan desak adashmaymiz. Albatta, ushbu vaziyat uchun Luis qizil kartochka olib maydondan chetlatilgan, ammo Urugvay darvozasiga belgilangan penaltidan ganaliklar unumli foydalana olmaydi. Amerikaliklar o'yinni penaltilar seriyasigacha olib borishadi va g'alabani ilib ketishgan.
DAVID BEKXEM - 1998 yil
Agar Zidan karerasining oxirida qayg'uli taqdirga duch kelgan bo'lsa, unda Devid Bekxem faoliyatining boshida bunday muammoga duch keldi. Jahon chempionatidagi Angliya - Argentina uchrashuvining 47-daqiqasida Diego Simeone o'sib borayotgan futbol yulduzini orqasiga itarib yubordi. G'azablangan David yiqilayotgan joyida, Diegoning mushagiga butsasi bilan tepib yuboradi. Diego esa hakam o'zlariga qarab turganini sezgan holda, oyog'ini mahkam ushlagan holda maysazorga dumalaydi. Hammasi aniq. Barchasini tabiiy ravishda deb o'ylagan uchrashuv hakami qat'iy ravishda Bekxemga qizil ko'rsatib yuboradi. U Davidning karerasidagi birinchi chetlatish edi. Tabiiyki, ushbu bahsda inglizlar yutqazishdi va ko'pchilik buning uchun Davidni, aniqrog'i uning yosh beparvoligini ayblashdi.